Qirolichaning g'azab olovini biroz pasaytirishga uringan Dae Soh YU Hvani uy qamog'ida saqlab, Gem Vani ko'rishga borishiga xam yo'l qo'ymaydi. U o'z askarlariga YU Hvaning ketib qolishiga yo'l qo'ymaslikni buyuradi.
Bu paytda Ma Bu Reong, YU Seong, Hen Mular ibodathonada ibodat marosimini o'tkazishadi. Marosim paytida ularning yuragi behalovat bo'lib, Yu Mi YUl honim Buyoga qaytganmikan, degan hayolga borishadi. Qirolicha Yong Poga sobiq bosh koxin chindan xam qirollikka qaytgan-qaytmaganini aniqlashni buyuradi. Agar u qaytgan bo'lsa, tezda topib, daf qilishni tayinlaydi. O Yi, Ma Ri va Hep Bolar Dae Soh metall zavodida havf ostida saqlayotgan Mo Pal Moni qutqarishga urinishadi. O'z xayotlarini havf ostiga qo'yib, Mo Pal Moni o'g'irlab, Gieruga olib ketishadi. Bo'lgan voqeani eshitib g'azab otiga mingan Dae Soh Na Roga zaxrini sochib, qanday qilib bo'lsa xam Mo Pal Moni qaytarib kelishni buyuradi.
Nixoyat, Gem Va xushiga keladi. Barcha vazirlar va amaldorlar uning eniga kelib, salomatligidan qayg'urishayo'tganini bildirishadi.Dae Soh otasining amaldorlarni qanday qilib yo'q qilganini bilib qolishidan tashvishga tushgan. U YU Hvani uy qamog'ida saqlab, Seol Ranga uylanib olgan. O Yi Yen Ta Balning savdo tashkilotiga kelib, qirolning o'ziga kelganini habar qiladi. Yen Ta Bal ichki urush Buyo saroyida xam bo'lishidan havotirlanib, savdo tashkilotini ortga — Gieruga qaytarib ketishni maqul deb o'ylaydi. U qiziga xam o'zi bilan ketishni taklif qiladi, lekin So Seo Na keskin rad javobini beradi. Ibodathonaga kelgan Mo Pal Mo va Mu Song Ju Mongning qamon tiriklik extimoli borligi xaqidagi g'aroyib yangilikni eshitishadi. Ular Ju Mongi izlab yo'lga chiqishadi. Gem Vaning rejasi barbod bo'ladi. General Heuk CHi va askarlar Dae Sohga taslim bo'lishadi. Dae Soh xokimiyatda o'zgarishlar qiladi. Yen Ta Bal Dae Sohning noto'g'ri ishlarini o'zicha tahmin qiladi.
Bu paytda O Yi, Ma Ri va Hep Bolar Mo Pal Mo va Mu Songdan Ju Mongning qamon tirikligi xaqidagi habarni eshitishadi. Ular do'stlarini qutqarishga axd qilishadi...
|